O‘zbekiston Parij kelishuvi doirasida yangi Milliy belgilangan hissasini taqdim etdi
2025-11-07 12:30:00 / Yangiliklar

Ushbu hisobot 10–21-noyabr kunlari Braziliyaning Belen shahrida bo‘lib o‘tadigan Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasida (COP30) rasmiy ravishda taqdim etiladi.
Yangi MMBH 3.0 ning maqsadlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati, xalqaro moliya institutlari va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning faol ishtirokida amalga oshirilgan sa’y-harakatlarning natijasidir.
Yangi MMBHni ishlab chiqish 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida amalga oshirildi. Ushbu tashabbus milliy iqlim siyosati faoliyatini kuchaytirish, energetik transformatsiya va barqaror rivojlanishga qaratilgan.
MMBH, shuningdek, O‘zbekistonning milliy iqlim maqsadlarini iqtisodiy modernizatsiya, o‘rta daromadli mamlakat maqomini qo‘lga kiritish va ijtimoiy inklyuziyani kengaytirish vazifalari bilan uzviy bog‘lashga bo‘lgan qat’iy intilishini ham ta’kidlaydi. MMBH 3.0 maqsadlariga muvofiq yashil iqtisodiyotni rivojlantirish mamlakatda gender tengligini yaxshilashga, mehnat bozorida imkoniyatlarni kengaytirishga va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga xizmat qiladi — bu esa mamlakatning keng qamrovli ijtimoiy rivojlanish dasturlari bilan hamohangdir.
MMBH 3.0’ni tayyorlash jarayonida yoshlarga alohida e’tibor qaratilgan, ularning tashabbus va g‘oyalari hujjatda o‘z ifodasini topgan. Shu orqali O‘zbekiston nafaqat xalqaro iqlim majburiyatlarini bajarishga, balki ekologik mas’uliyatli va inklyuziv kelajakni barpo etishga, har bir fuqaroning barqaror rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shishiga intilayotganini namoyish etmoqda.
