Yosh ekologlar Astronomiya bog‘ida daraxt ekish aksiyasini o‘tkazishdi
2025-11-06 17:00:00 / Yangiliklar
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") huzuridagi Astronomiya bog‘ida Toshkentdagi maktab o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari hamda "Zamin" xalqaro jamoat fondi vakillari ishtirokida hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ekologik aksiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari yangi daraxt va butalar ekishdi, shuningdek, joriy yil bahorida ekilgan nihollarni parvarish qilishdi. Ushbu aksiya bog‘ni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda O‘zbekistonda barqaror “yashil” hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusning davomidir.
Bundan tashqari, ishtirokchilar Toshkentdagi yashil hududlar raqamli reyestri tizimi bilan tanishdilar. Ushbu tizim shahar daraxtlarining holatini hisobga olish va monitoring qilish imkonini beradi.
Bog‘ni ko‘kalamzorlashtirish tashabbusi poytaxtning ekologik muvozanatini saqlashga va Toshkent aholisi hamda mehmonlari uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.









