audio

    0+
    Jizzaxdagi chiqindi bilan bog‘liq holat bartaraf etildi

    Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Yangi diyor” MFYdagi togʻli hududga aholi tomonidan chiqindilar tashlab ketilayotganligi haqida murojaat kelib tushdi.

    Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Yangi diyor” MFYdagi togʻli hududga aholi tomonidan chiqindilar tashlab ketilayotganligi haqida murojaat kelib tushdi. 

    Holatga oydinlik kiritish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi, Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari hamda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi filiali, tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ichki ishlar boʻlimi masʼullari va mahalla vakillaridan iborat ishchi guruh joyiga chiqib, murojaatni o‘rgandi.

    O‘rganish natijasida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Yangi diyor” MFYdagi togʻli hududda aholi tomonidan muntazam ravishda noqonuniy chiqindilar tashlab kelinganligi maʼlum bo‘ldi.

    Shu kuni mahalla aholisi chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy javobgarlik mavjudligi yuzasidan ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi. 

    Shuningdek, mahalliy aholi koʻmagida yuk ortuvchi va yuk tashuvchi 5 ta maxsus texnika jalb qilingan holda mavjud holat hashar yoʻli bilan bartaraf etilib, hudud tozalandi.

    • view_icon 113