audio

    0+
    "Yashil makon": Qashqadaryoda 4 milliondan ortiq daraxt ekildi

    Ayni damda yurtimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi davom etmoqda. Loyiha doirasida respublikamizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

    body_image

    Ayni damda yurtimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi davom etmoqda. Loyiha doirasida respublikamizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

    Xususan, Qashqadaryo viloyatida bugunga qadar hudud iqlimiga mos, chidamli 4 mln 539 ming 320 ta daraxt ko‘chatlari ekildi. Boshqa hududlarda ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

    Ma'lumot uchun, "Yashil makon" loyihasi doirasida shu paytga qadar 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. 

    Avvalroq daraxt ekishning bahorgi mavsumiga start berilgan va ko‘plab ko‘chatlar o‘tqazilgandi.

    • view_icon 206
    : 2024-03-25 12:28:12