“Green University”da “Bepoyon olam” nomli ko‘rgazma ochildi
2024-12-11 16:00:00 / Yangiliklar
Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda nufuzli ekspert va siyosatchilar, akademiklar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida iqlim muammolarini hal qilish va barqaror energetikani rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar davomida xalqaro hamkorlik va yashil kelajakka o‘tishda innovatsion strategiyalarni amalga oshirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirdan so’ng taniqlik fransiyalik ijodkor Kristof Blen tomonidan komiks janrida yaratilgan “Bepoyon olam” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmani ochib bergan Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aurelia Bushez mazkur tashabbus san’at sohasida hamkorlikni rivojlantirish barobarida yosh avlodni tabiatni sevish, uni himoya qilishga ilhomlantirishini e’tirof etdi.
Fransuz va ingliz tillarida taqdim etilgan ushbu ko‘rgazma o‘ziga xos mazmun-mohiyati, ta’sirchanligi va sayyoramizni asrab-avaylash qanchalik muhim ekanligini aks ettirgani bilan barchada iliq taassurot qoldirdi.