“Saygachiy” qo'riqxonasi faunasi
2024-10-23 10:55:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Saygachiy” majmua (landshaft) qo‘riqxonasi faunasi vakillari qo‘riqxona xodimlari tomonidan suratga olindi. Ular orasida rang-barang chipor ilon, sariq sor va cho’l burguti bor.

2016-yilda tashkil etilgan “Saygachiy” Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq viloyatlari hududida joylashgan. Qo'riqxona faunasi umurtqali hayvonlarning 187 turini o'z ichiga oladi, shundan amfibiyalarning 2 turi, sudraluvchilarning 26 turi, sutemizuvchilarning 42 turi va qushlarning 117 turi mavjud.


