"Omonqo‘ton"ning shifobaxsh o‘simlik dunyosi
2024-10-16 12:00:00 / Yangiliklar
Xususan, qora mevali tog‘ olicha, asosan, tog’ oldi va tog’ hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, dorivor, oziq-ovqat, urug’idan moy beruvchi, manzarali, asal beruvchi o’simlik hisoblanadi. O‘zbekistonda keng tarqalgan na’matak turi bo‘lgan itburun na'matakning mevasidan dorivor xomashyo sifatida, urug‘idan o‘stirilgan ko‘chatlardan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi.
Sariq do‘lana ham tog’ oldi va tog’ hududlarida tarqalgan, dorivor, oziq-ovqat, manzarali, asal beruvchi o’simlikdir. Mevasi oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, hazm tizimini yaxshilaydi. Tarkibida askorbin kislotasi va boshqa vitaminlar mavjud.
Ma'lumot uchun, “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘i 2022-yil 4-mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tashkil etilgan. Hududda 1044 tur o‘simlik bo‘lib, shundan 37 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.