“Qizilqum” davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Buxoro bug‘usi muhrlandi
2024-09-30 12:55:00 / Yangiliklar
Ma’lumot uchun, 1971-yilda tashkil etilgan Qizilqum davlat qo‘riqxonasi Buxoro viloyatining Romitan tumani va Xorazm viloyatining Xazorasp tumanlari hududida joylashgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli “Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga Buxoro bug‘usi (xongul) muhrlandi.
Ma’lumot uchun, 1971-yilda tashkil etilgan Qizilqum davlat qo‘riqxonasi Buxoro viloyatining Romitan tumani va Xorazm viloyatining Xazorasp tumanlari hududida joylashgan.
Buxoro bug‘usi O‘zbekiston Qizil kitobiga va CITES II ilovasiga kiritilgan. Oʻzbekistonda Buxoro bugʻulari Zarafshon milliy bogʻi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Qizilqum qoʻriqxonasi va Xorazm milliy tabiat bogʻida keng tarqalgan.
