Nukusda noqonuniy qum-shag‘al qazigan fuqaro jarimaga tortildi
2024-09-04 11:55:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Nazorat inspeksiyasi tezkor guruhi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Nukus tumanida bo‘lib o‘tgan reyd davomida fuqaro A.N. tomonidan zaxira yeridan noqonuniy ravishda foydali qum-shag‘al aralashmasi hech qanday ruxsatsiz qazib olinayotgani ma'lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ma'lumot uchun, noqonuniy qum-shag‘al qazib olishga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
