Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza
2024-07-15 00:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri
Aziz Abdukhakimovning - "Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruzasi"
Global, mintaqaviy va mahalliy miqyosda mavjud ekologik vaziyatning murakkab bir davrida bebaho tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni hal etishning eng tezkor yo‘llarini izlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb ketmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bunday yo‘llarni taklif etish, ilgari surish va o‘tmishdagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ekologik xolatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan o‘zaro bog‘liqligini, sabab va oqibatlarni ifoda etuvchi ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi va ulardan foydalanish samarali vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma'ruza ekologiya sohasida o‘ta muhim va yuqori talabga ega bo‘lgan axborot resursi sanalib, u o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida chop etilmagan bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan. Ma'ruza keng jamoatchilik uchun ham, qaror qabul qiluvchilar va faoliyatning turli sohalaridagi mutaxassislar uchun ham dolzarbdir. Hech kimga sir emaski, har bir nooqilona faoliyat muqarrar ravishda har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘lgan tabiiy muhit ob'ektlari va ularning holatiga ta'sir qo‘rsatmay qolmaydi.
Ma`ruzani to`lik variantini Yuklash (2.80 mb)
