O‘zbekistonlik ekologiya sohasidagi olimlar jahon miqyosida e’tirof etilmoqda
2024-06-08 03:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonning komissiyaga a’zoligi xalqaro tashkilotlar va ilmiy ekspertlardan olingan eng yaxshi ilmiy ma’lumotlar va xulosalar asosida samarali, adolatli va ekologik toza yechimlarni ilgari surish imkonini beradi.
IUCN Iqlim inqirozi boʻyicha komissiyasiga aʼzo boʻlish orqali Oʻzbekiston ekologik va iqlim oʻzgarishi boʻyicha global kun tartibini shakllantiradigan milliy tashabbuslarni xalqaro maydonda targ’ib qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqiga a’zo bo‘ldi. IUCN dunyodagi eng birinchi va eng yirik tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bo'lib, hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan iborat. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega va butun dunyo boʻylab 1400 dan ortiq aʼzo tashkilotlar va 16 000 dan ortiq ekspertlarning tajribasi, resurslari va imkoniyatlaridan foydalanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston IUCN bilan hamkorlikni faol oshirmoqda. Avvalroq, joriy yilning fevral oyida yurtimizdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o’rganish universitetida (“Green University”)
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining vakolatxonasi ochilgan edi.