Orol dengizi va Moʻynoqda yaratilgan 30 ga yaqin asarlarning yakuniy ko'rgazmasi o‘tkazildi
2024-05-29 12:30:00 / Yangiliklar
28-may kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida "Aral dream" ko'chma ko'rgazmalar loyihasining yakuniy hisobot ko'rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma Urganch shahridagi O'zbekiston Zamonaviy san'ati muzeyi tomonidan Ekologiya vazirligi hamkorligida tashkil qilindi. Unda 7 nafar rassom tomonidan Orol dengizi sohilida va Moʻynoqda yaratilgan 30 ga yaqin tasviriy va grafik asarlar namoyish etildi.
Ma'lumot uchun, mazkur loyiha 2022-yilda boshlangan. Ijod asarlari 2 yil davomida O‘zbekiston viloyatlari boʻylab 14 ta muzeyda taqdim qilindi. Ko‘rgazmalar davomida jami 75 minga yaqin san'at ixlosmandlariga "Orol dengizi — yangi turistik manzil" sifatida tushunchalar berildi.