Ekologik ta’lim va madaniyatni oshirishda yoshlarning o‘rni katta ekanligi ta'kidlandi
2024-05-14 11:20:00 / Yangiliklar
Tadbir "Green University", Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent gidrometeorologiya texnikumi, O‘rmon xo‘jaligi texnikumi va Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda "Ekologik madaniyatli shaxs modeli" mavzusiga e'tibor qaratilib, ekologik madaniyatni shakllantirish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerakligiga urg‘u berildi. Shuningdek, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Qolaversa, ekologik madaniyatda yoshlarning roli muhimligi, ekologik ta’lim va tarbiya davr talabi ekanligi qayd etildi.
Tadbir yakunida yosh ekovolontyorlar o‘rtasida ekologik bilimni mustahkamlashga qaratilgan intellektual bahs o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.