audio

    0+
    Fuqaro xonadoniga kirib qolgan echkiemar tabiatga qo‘yib yuborildi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashovchi Isroilovlar oilasidan murojaat kelib tushdi.

    Murojaat borib o‘rganilganida fuqaro Sirojiddin Isroilovning uyiga bir bosh dala echkiemari kirib qolganligi va unga hech qanday jarohat yetkazilmaganligi ma'lum bo‘ldi. 

    Echkiemar salomatligi yaxshi bo‘lganligi sababli aholi yashash joyidan uzoq, echkiemarlar yashashi uchun mos keladigan hududga qo‘yib yuborildi. 

    Unutmang! Xonadoningizga Qizil kitobga kiritilgan, noyob, yirtqich jonivorlar kirib qolsa yoki shu holatga guvoh bo‘lsangiz, Ekologiya vazirligi yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qiling!

    • view_icon 719