O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YUNESKO Bosh direktori bilan telefon orqali muloqot qildi
2025-08-18 17:50:00 / Yangiliklar va voqealar

18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan tarixiy shahar — Samarqandda o‘tkaziladigan YUNESKO Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tomonlar hamkorlikning keng qamrovli yo‘nalishlari bo‘yicha ham batafsil fikr almashishdi. Madaniyat, ta’lim va madaniy merosni asrab-avaylash sohalaridagi umumiy sa’y-harakatlarimizni kuchaytirish muhimligini ta’kidlandi.
