Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-05-28 17:15:00 / Yangiliklar va voqealar

28-may kuni Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o‘rinbosari Hisashi Matsumoto o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda vizani liberallashtirish, gumanitar va biznes almashinuvi, xavfsizlik boʻyicha tavsiyalarni qayta koʻrib chiqish, shuningdek, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
X.Matsumoto O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib, Yaponiya Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini alohida ta’kidladi va uning yanada chuqurlashishiga umid bildirdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning barcha sohalarida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin aloqalarni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
