Sloveniyaning yangi tayinlangan elchisi ishonch yorliqlarini taqdim etdi
2025-05-12 18:10:00 / Yangiliklar va voqealar

12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Muloqot davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bildirildi.
2025-yilda O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi boy va istiqbolli ekani ta’kidlandi. Uchrashuvda tomonlar turli sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, ta’lim, innovatsiya va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash muhim ekani haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikga diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishini tiladi.

