Gruziya elchisi bilan uchrashuv
2025-05-05 17:00:00 / Yangiliklar va voqealar

5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi David Kotaria bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi munosabatlarning ijobiy sur’atda rivojlanayotganini ta’kidlab, ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.
Uchrashuv davomida joriy yilning mart oyida Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yil oxirigacha rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
