Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv to'g'risida
2025-03-04 18:45:00 / Yangiliklar va voqealar

4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Suhbat davomida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari har tomonlama muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar Afgʻonistonni ijtimoiy va iqtisodiy tiklashga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
