Yaponiya adliya vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-05-29 11:30:00 / Yangiliklar va voqealar

28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Tokioda Yaponiya Adliya vaziri oʻrinbosari Xiroshi Morimoto bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi huquqiy va konsullik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar migratsiya, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli idoralari oʻrtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasi, konsullik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda navbatdagi konsullik maslahatlashuvlarini oʻtkazish yuzasidan fikr almashildi.
