Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar oʻrinbosari bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-05-29 10:20:00 / Yangiliklar va voqealar

28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar oʻrinbosari Arfiya Eri bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, taʼlim, innovatsiyalar, “yashil” taraqqiyot va inson kapitali sohalaridagi aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Shu bilan birga, konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan, migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat konsullik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston—Yaponiya munosabatlarini oʻzaro manfaatli va amaliy ruhda izchil rivojlantirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
