Dehlida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va Hindiston TIV rahbari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-05-15 16:20:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 15-may kuni Dehli shahrida BRIKS tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.
Joriy yil iyun oyida boʻlib oʻtadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yigʻilishini oʻtkazish hamda Oʻzbekiston–Hindiston biznes-forumini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
