O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-05-14 19:45:00 / Yangiliklar va voqealar

14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Chexiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning konsullik-huquqiy yo‘nalishlari, xususan, Chexiyada vaqtincha mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan O‘zbekistondan malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilish, nomzodlarni kasbiy va til jihatdan tayyorlash hamda ishga joylashtirish jarayonlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
