JICA departamenti bosh direktori Tetsuya Yamada bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-05-07 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Janubiy Osiyo departamenti bosh direktori Tetsuya Yamada bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yaponiya tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistonga nisbatan pragmatik yondashuvini, shuningdek, Termiz shahrida yaratilgan infratuzilmani yuqori baholab, Afg‘oniston xalqi farovonligini oshirish maqsadida ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, xususiy sektorni rivojlantirish va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun uning imkoniyatlaridan foydalanishga qiziqish bildirdi.
