Belarus Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-04-28 15:00:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida afg‘on yo‘nalishida amaliy hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus ikki tomonlama kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va Afg‘oniston yo‘nalishidagi konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.
