Saudiya Arabistoni va Qatar Davlati elchilari bilan uchrashuv to‘gֲ‘risida
2026-04-27 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed hamda Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdi.
