TIV rahbarining “Aso Shoji” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuvi to‘g‘risida
2026-04-25 17:00:00 / Yangiliklar va voqealar

25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning “Aso Shoji” kompaniyasi prezidenti Masaxiro Aso bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohada hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur yoʻnalish xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada boyitib, qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishga zamin yaratishi qayd etildi.
