Germaniya Tashqi ishlar vazirligi davlat vaziri bilan uchrashuvga oid
2026-04-03 19:20:00 / Yangiliklar va voqealar

3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashdi.
TIV rahbari O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.
Muloqot davomida yaqinda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi vazirlar uchrashuvi natijalari yuqori baholandi, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik o‘zaro ishonch, umumiy manfaatlar va amaliy natijalarga intilish asosida rivojlanib borayotgani qayd etildi.


