O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
2026-04-02 21:00:00 / Yangiliklar va voqealar

2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida Pokistonning Yaqin Sharqdagi mojaroni yumshatish borasidagi saʼy-harakatlari yuqori baholandi. Mazkur hudud qarama-qarshilik maydoniga aylanib qolmasligi lozimligi qayd etildi.
Islomobod va Pekin tomonidan birgalikda ilgari surilgan mintaqaviy tinchlik va barqarorlik yo‘lidagi besh banddan iborat tashabbus, shuningdek, muloqot va diplomatik sheriklikning ustuvorligini taʼkidlovchi umumiy pozitsiyalar olqishlandi.
Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, keskinlikni yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan saʼy-harakatlar ijobiy baholanib, masalalarni diplomatik yo‘llar orqali hal etish bo‘yicha muloqotni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
