O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-03-24 19:00:00 / Yangiliklar va voqealar

24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar Ramazon hayiti ayyomi bilan tabriklab, butun musulmon ummatiga tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tiladi.
Suhbatda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida izchil mustahkamlanib borayotgan sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashilib, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, barcha masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligi taʼkidlandi.
