Tojikiston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-03-16 12:10:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash hamda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak Oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
