O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-03-03 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar

3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot davomida so‘nggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etildi hamda jabrlangan oilalarga nisbatan hamdardlik bildirildi. Mintaqadagi vaziyat muhokama qilinib, har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l bilan – muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qat’iy va izchil pozitsiya yana bir bor tasdiqlandi.
