O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-03-02 18:55:00 / Yangiliklar va voqealar

2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari bo‘yicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot davomida Yaqin Sharqdagi keskinlashib borayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashilib, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya etish, keskinlikni pasaytirish va muloqot barqaror tinchlikka erishishning yagona maqbul yo‘li ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Madrid shahrida bo‘lajak O‘zbekiston–Ispaniya biznes-forumini qayd etib, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladi.
