O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
2026-02-28 21:15:00 / Yangiliklar va voqealar

28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi soʻnggi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Vazminlikni saqlash va vaziyatning yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligi taʼkidlandi.
Mavjud qarama-qarshilikni yumshatish va barqarorlikni taʼminlash maqsadida oʻzaro ishonch hamda izchil muloqotning ahamiyati zarurligi alohida qayd etildi.
