O‘mon, Qatar va Iordaniya elchilari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-02-24 16:35:00 / Yangiliklar va voqealar

23–24-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligi, Qatar Davlati va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Vafo al-Busaidi, Hasan bin Hamza Hoshim, Demiye Haddad bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar davomida O‘zbekiston va mazkur mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor masalalari muhokama qilindi. Madaniy-gumanitar aloqalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishga tayyorliklarini bildirib, 2026-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.


