Xitoy Xalq Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-02-12 18:05:00 / Yangiliklar va voqealar

12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda o‘zaro tashriflar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
