Falastin elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-02-10 20:00:00 / Yangiliklar va voqealar

10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Falastin Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vaill Ahmed Battrexi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda qator xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
