Fransiya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-01-28 19:00:00 / Yangiliklar va voqealar

28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ualid Fuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb mavzular, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
