Afg‘onistondagi JICA vakolatxonasi rahbari Sota Tosaka bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-12-11 11:00:00 / Yangiliklar va voqealar

11-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning JICA agentligining Afg‘onistondagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan rahbari Sota Tosaka bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Yaponiya tomoni Termiz shahrida yaratilgan infratuzilmani yuqori baholadi va uni Afg‘oniston xalqining farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda foydalanishga qiziqish bildirdi.
