Belarus elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-12-09 15:00:00 / Yangiliklar va voqealar

9-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar joriy yilda O‘zbekiston–Belarus munosabatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini ko‘rib chiqdilar.
Ikki tomonlama hamkorlikning izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu esa siyosiy muloqot faollashuvi, savdo hajmining barqaror o‘sishi, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida loyihalarning amalga oshirilishi, parlamentlararo aloqalarning davom etishi hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarning kuchayishi orqali namoyon bo‘lmoqda.
Shuningdek, uchrashuv davomida 2026-yilda o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar, jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflar bo‘yicha fikr almashildi.
