Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-11-24 10:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi Strategik muloqotning ikkinchi davrasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini atroflicha ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari va ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarning bugungi holati muhokama qilindi.
