O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-11-14 17:00:00 / Yangiliklar va voqealar

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ufuk Ulutash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda joriy yilda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar, o‘zaro tashriflar hamda kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ta’lim, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi. Alohida e’tibor Oliy va yuqori darajada o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga qaratildi. Shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada faollashtirish, keng qamrovli strategik sheriklikni mustahkamlashda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishning muhim ahamiyati qayd etildi.
Uchrashuv davomida xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
