O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-11-14 10:00:00 / Yangiliklar va voqealar

14-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda O‘zbekiston–Latviya hamkorligining joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha TIVning tegishli bo‘linmalari o‘rtasida siyosiy va konsullik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha Qo‘shma komissiya majlisini o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
