
Shaffof qurilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qarori bilan 2020-yil 8-fevralda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi (Shaffof qurilish) tashkil etilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazida hozirda 67 ta xodim faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi negizida 24 ta elektron tizimlar ishlab chiqilgan bo‘lib ular 15 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi direktori — Zagrutdinov Marat Rinatovich
Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent hududi
Call-markaz: 71 200-53-53


