Axborotdan foydalanish
Fuqarolarning davlat axborotiga ega bo‘lish huquqi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan. Ushbu huquqning normativ-huquqiy asosini quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun;
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun;
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun;
Mazkur hujjatlar fuqarolarning axborot olish erkinligini ta’minlash va davlat organlari faoliyati ochiqligini oshirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar davlat axborot resurslaridan quyidagi shakllarda foydalanishlari mumkin:
- rasmiy veb-saytlar orqali;
- yozma yoki elektron so‘rov yuborish orqali;
- ochiq ma’lumotlar portalidan (data.egov.uz).
Davlat organlari fuqarolarga ochiq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish, so‘rovlar asosida axborot berish, hamda rasmiy veb-saytlarda yangilanib boruvchi ma’lumotlarni joylashtirish majburiyatiga ega.
