Vazirlik haqida
Vazirlik tarmoqlararo özaro boğliqlik va muvozanatni inobatga olgan holda mamlakatni örta va uzoq muddatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini işlab çiqiş, budjet, soliq va bojxona sohalarida, fuqarolarning pensiya ta’minoti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida, auditorlik faoliyatini tartibga soliş, budjet taşkilotlari va budjet mablağlari oluvçilarni moliyalaştiriş, monopolist korxonalarning tovar va xizmatlari uçun narx belgilaş, davlat xaridlarini amalga oşirişni tartibga soliş, Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining strategik makroiqtisodiy körsatkiçlari va parametrlariga erişişni ta’minlaş funksiyalarini amalga oşiruvçi vakolatli respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi.
Vazirlik Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi.
Vazirlik öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, boşqa qonunçilik hujjatlariga şuningdek, Nizomga amal qiladi.
Vazirlik tomonidan öz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xususiyatga ega bölgan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boşqa taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, yuridik va jismoniy şaxslarning ijro etişi uçun majburiy hisoblanadi.
Vazirlik yuridik şaxs hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan hamda öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, şu jumladan, çet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
Vazirlik öz faoliyatini qonunçilik hujjatlariga muvofiq, respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi.
Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
töliq nomi — Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
qisqartmasi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
b) rus tilida:
töliq nomi — Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан,
qisqartmasi — Минэкономфин;
d) ingliz tilida:
töliq nomi — Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan,
qisqartmasi — MEF.
Vazirlikning joylaşgan joyi: Toşkent şahri, Istiqlol köçasi 29-uy, 100017.
Vazirlik taşkiliy tuzilmasiga (tizimiga) quyidagilar kiradi:
• Vazirlikning markaziy apparati;
• Qoraqalpoğiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar iqtisodiyot va moliya boş boşqarmalari;
• Tuman va şaharlar iqtisodiyot va moliya bölimlari;
a) Vazirlik huzuridagi ijro etuvçi hokimiyat organlari:
• Bojxona qömitasi;
• Ğaznaçilik xizmati qömitasi;
• Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi;
• Kadastr agentligi;
• Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi.
b) Vazirlik tasarrufidagi taşkilotlar:
• Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi;
• “Axborot texnologiyalari markazi” DUK;
• Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti;
• Moliya organlari hamda budjet taşkilotlari moliya-hisob bölinmalari xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş öquv markazi;
• Tarmoq bozorlari va işlab çiqarişda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi;
• Qişloq xojaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasini boşqariş departamenti;
• Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oşiriş loyihasi;
• “Yaşil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi;
• “Qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş va qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş birlaştirilgan loyihalarni amalga oşiriş guruhi” DM;
• “Infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş direksiyasi” DM;
• Sanoat siyosatini amalga oşiriş va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantiriş yönalişlarini işlab çiqiş loyiha ofisi;
• Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik loyihalarini işlab çiqiş jamğarmasi;
• Ma’muriy binolardan foydalaniş boşqarmasi;
• “Instutsional salohiyatni oşiriş” loyihasini amalga oşiriş guruhi;
• “Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasi;
• UzAssets Investitsiya Kompaniyasi” AJ;
• “Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ;
• “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi” DUK Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziriga böysunadi.
