Аtamalar luğati
Sayt (veb-sayt, Internet-sayt) – doimiy ravişda Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda (veb-serverlarda) joylaştirilgan ma’lumotlarga (veb-sahifalarga) ega fayllar töplami.
Boş sahifa – veb-saytning boş sahifasi.
Oçiq ma’lumotlar – köp marotaba, mustaqil va bepul foydalaniş maqsadida, odam tomonidan dastlab özgartirilmagan holda avtomat ravişda qayta işlaşni ta’minlaydigan formatda şakllantirilgan, Internet tarmoğiga tizimlaştirilgan ma’lumotlar körinişida joylaştirilgan ma’lumotlardir.
FAQs (tez-tez söraladigan savollar) – foydalanuvçilarning tez-tez söraladigan savollariga javoblar röyxati.
Işonç telefoni – fuqarolarning telefon orqali murojaatlarini qabul qiliş tizimi.
Saytning mobil versiyasi – agar siz mobil telefondan foydalanayotgan bölsangiz va saytning özi buni aniqlamagan bölsa, unda siz şu tugma orqali saytning mobil versiyasi ötişingiz mumkin.
Xöjalik yurituvçi subyekt — mulk şaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqarolar.
Tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat röyxtidan ötgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirayotgan yuridik va jismoniy şaxslar.
Normativ-huquqiy hujjat – bu qonun hujjatlarida belgilangan şaklda qabul qilingan, qonun hujjatlari normalarini umumiy majburiy davlat qoidalari sifatida belgilaş, özgartiriş yoki bekor qilişga qaratilgan rasmiy hujjat.
Budjet – (qadimiy normand tilidan “baguete” — karmon, sumka) bu davlat va mahalliy öz-özini boşqariş vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlaş uçun möljallangan pul mablağlari jamğarmalarini töplaş va sarflaş şaklidir.
Ğaznaçilikning maqsadi (vazifasi) – Ğaznaçilik davlat siyosatini qöllab-quvvatlaş uçun budjet mablağlaridan maqbul foydalaniş orqali barça budjet oluvçilar uçun xarajatlarni öz vaqtida va maqsadli kassa ijrosini amalga oşiradi.
