Vazifalar va funksiyalar
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
barqaror iqtisodiy ösişni strategik rejalaştiriş (ta’minlaş);
makroiqtisodiy siyosatni işlab çiqiş, muvofiqlaştiriş va yuritiş;
inflyatsiyani jilovlaş, içki iste'mol bozorini rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlaş böyiça takliflarni şakllantiriş;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni muvofiqlaştirib boriş;
barqaror rivojlanişning milliy maqsadlariga erişiş va inson kapitalini rivojlantiriş;
ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturini şakllantiriş, amalga oşiriş va moliyalaştiriş;
urbanizatsiya siyosatini yuritiş;
aholini uy-joy bilan ta’minlaş, ipoteka bozorini moliyalaştiriş va rivojlantiriş;
xizmatlar va servis sohasini rivojlantiriş;
hududlarning master-rejalarini işlab çiqiş va amalga oşirişni muvofiqlaştiriş;
“yaşil” iqtisodiyotga ötiş strategiyasi hamda iqtisodiy ösişni “yaşil” tamoyillar asosida amalga oşirilişini ta’minlaş, bu borada davlat siyosatini muvofiqlaştiruvçi organ vazifasini bajariş; soliq va bojxona siyosatini muvofiqlaştiriş;
budjet siyosati va budjetlararo munosabatlar sohasini takomillaştiriş;
Davlat budjeti ijrosini ta’minlaş;
davlat qarzini va fiskal xatarlarni boşqariş;
iqtisodiyot tarmoqlarining narxlanişi va moliyaviy mutanosibligini ta’minlaş;
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va auditorlik faoliyatini tartibga soliş va ularni metodologiyasini şakllantiriş;
sanoat siyosatini yuritiş, bazaviy tarmoqlarda tarkibiy islohotlarni amalga oşiriş;
davlat moliyasini boşqariş;
strategik ahamiyatga ega davlat iştirokidagi korxonalarni va tijorat banklarini transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini samarali taşkil etiş;
davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş;
kiçik va örta biznesni rivojlantiriş hamda yaxlit tadbirkorlik ekotizimini joriy etiş;
davlat xaridlari siyosati yuritiş;
raqamlaştiriş siyosatini amalga oşiriş;
xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni rivojlantiriş;
davlat organlarining içki audit tuzilmalari faoliyatini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş.
