Nurotaning quvnoq Qizilqum arxarlari
2025-10-29 14:00:00 / Yangiliklar

Qizilqum arxari zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Ayni damda Nurota qo‘riqxonasida 1700-1800 atrofida bo‘lib, soni ancha barqarorlashgan.
Qizilqum arxarlari yil fasllari, kunning vaqti, ob-havo va ozuqa sharoitiga, antropogen ta'sir darajasiga ko‘ra tog‘ yon bag‘irlarining turli balandliklarida notekis uchraydi. Poda bo‘lib yashaydi, mavsumiy ko‘chib yuradi. Aprel-may oylarida bolalaydi. Asosan, o‘tsimon o‘simliklar bilan aniqlanadi.
Ma'lumot uchun, Nurota davlat qo‘riqxonasi Jizzax viloyati Forish tumanida 1973-yil dekabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, Nurota tog‘ tizmasining markaziy qismi va shimoliy yonbag‘irlarini qamrab oladi. Qo‘riqxona hududida 247 turdagi hayvon yashaydi, ulardan 31 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

