Qoraqalpog‘istonda “Aral Sea Eco Race” musobaqasi o‘tkaziladi
2024-04-15 09:55:00 / Yangiliklar

Eko-marafonning umumiy masofasi 2 km ni tashkil qiladi. Ishtirokchilar daraxt ekish maydonchasigacha 1 km masofani bosib o‘tishadi. Har bir ishtirokchining shaxsiy raqamiga o'ziga xos chip o'rnatilib, u daraxt ekish faktini qayd etadi. Shundan so'ng, ishtirokchilar boshlang'ich nuqtaga qaytadilar (masofa 1 km). Finish chizig‘ida har bir ishtirokchi tabiatni tiklash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medal bilan taqdirlanadi.
Marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan 3 nafar erkak va 3 nafar ayol esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Eko-marafonda har kim ishtirok etishi mumkin. Marafonda qatnashish uchun https://prorun.uz/competition-detail-present/29 havolasi orqali ro'yxatdan o'tish kerak.
“Aral Sea Eco Race” eko-marafoni nafaqat salomatlik va jismoniy faollikni mustahkamlash, balki atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va uni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga undaydi.